Toshkentda tez yordam mashinasi nosoz holda harakatlandi
Holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam avtomashinasi nosoz holda harakatlanib ketayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 23-sentyabr kuni ertalab soat 05:21 da poytaxtning Doʻmbirobod va Farhod koʻchalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan Yangihayot tumanidagi 13-sonli podstansiyaga tegishli Ford rusumli tez tibbiy yordam mashinasining amortizatsiya tizimida nosozlik yuzaga kelgan.
Bu paytda avtomashina tezligi soatiga 40 km. atrofida boʻlib, uning ichida faqatgina haydovchi boʻlgan. Shundan soʻng avtoulov darhol Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali avtokorxonasiga olib kelinib, nosozlik toʻliq bartaraf etilgan, deyiladi munosabatda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda ushbu avtomashina soz holatda faoliyat koʻrsatmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda Lacetti va skuter toʻqnashdi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi Toshkent jamoat transportida naqd shakldagi to‘lovlar uchun yo‘lkira narxi oshishi kutilmoqda Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi 1 oyga yopiladi Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi