27 Sentabr 2024, 19:23 Oʻzbekiston

Jizzaxda KamAZ butunlay yonib ketdi

“Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan KamAZ butunlay yonib ketdi.

Jizzaxda KamAZ butunlay yonib ketdi

Jizzax viloyatida yo‘lda harakatlanib ketayotgan KamAZ yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 2024 yil 27 sentabr kuni soat 13:50 larda sodir bo‘lgan.

M-39 avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi qismida Samarqand viloyatida yashovchi 41 yoshli haydovchi KamAZ mashinasini “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan vaqtda yong‘in chiqqan.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi to‘liq yonib ketgan. Hodisada haydovchi va boshqa shaxslarga tan jarohati yetmagan.

Qayd etilishicha, yong‘inga KamAZ’ning dvigatel qismida qisqa tutashuv vujudga kelgani sabab bo‘lgan.

Mashhur yangiliklar