27 Sentabr 2024, 09:36 Oʻzbekiston

Boʻstonliqda bir-biriga tutash ikki uyda yongʻin sodir boʻldi

Alangani bartaraf etishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Boʻstonliqda bir-biriga tutash ikki uyda yongʻin sodir boʻldi

Toshkent viloyatida bir-biriga tutash ikki uyda yongʻin sodir boʻldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, kecha, 26-sentyabr kuni soat 22:23 da Boʻstonliq tumani Chinor MFY, Shirmonbuloq koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da oʻchirilgan.

Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida 2 ta uyning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan. Alangani bartaraf etishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi, deyiladi xabarda.

Manbaga koʻra, hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar