26 Sentabr 2024, 18:25 Oʻzbekiston

Qo‘ng‘irotda 2,2 ming litr dizel talon-toroj qilinishining oldi olindi

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qo‘ng‘irotda 2,2 ming litr dizel talon-toroj qilinishining oldi olindi

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida 2 222 litr dizel yonilg‘isi talon-toroj qilinishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

“T.N.B.” MChJning Qo‘ng‘irot filiali sex mudiri Z.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 2 222 litr dizel yonilg‘isini hech qanday hujjatsiz filialga tegishli yoqilg‘i tashuvchi avtomashinasida “K.Sh.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tkazish maqsadida olib kelgan.

Shu vaqtda ular ushlanib, 2 222 litr dizel yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar