26 Sentabr 2024, 10:15 •Oʻzbekiston
Samarqandda yuz bergan YTHda Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
Oqdaryo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchi halok bo‘ldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 24 sentyabr kuni soat 16:30 larda yuz bergan.
M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani “Dahbed” MFY hududidan o‘tuvchi qismida haydovchi Nexiani Buxoro-Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan KOEGEL tirkamasining orqa qismidan kelib urgan.
Oqibatda, Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryodagi ayanchli YTHda 4 kishi halok bo‘ldi Toshkentda ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi Samarqandda fuqarolarni noqonuniy tarzda Isroilga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi Toshkentda Lacetti va Malibu ishtirokida YTH yuz berdi Toshkentda yo‘lovchi avtobusi, Cobalt va Tracker ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketyapti?
28 Sentabr 2024, 19:24Aholining hayotiga xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi
28 Sentabr 2024, 18:47Farg‘onada erkak qarindosh ayolni kaltakladi
28 Sentabr 2024, 18:12Isroil “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh oʻldirilganini eʻlon qildi
28 Sentabr 2024, 17:38Farg‘onada betob qizning nomidan sahifa ochib, yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
28 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida qaysi davlat yuqori o‘rinda?
28 Sentabr 2024, 16:18“G‘ishtko‘prik” bojxona postida 3 metrlik ilonni noqonuniy olib o‘tishga urinish bo‘ldi
28 Sentabr 2024, 15:35Bahodir Jalolov boks bo‘yicha milliy terma jamoa sardorligidan ketdi
28 Sentabr 2024, 14:57