26 Sentabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Toshkentning uchta tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Taʼmirlash ishlari sabab poytaxtning uchta tumani elektr taʼminotidan vaqtincha uzib qo‘yiladi.

Toshkentning uchta tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning Sergeli, Yunusobod va Olmazor tumanlarida 26 hamda 27-sentyabr kunlari “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.

Quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Sergeli tumani: “Nomdanak”, “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, “Eski Jaloyir”, “Ko‘hnaqumariq”, “Ziyolilar”, “Eshonbuloq”, “Izzatli”, “Sadoqat” hamda “Kengmakon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha hamda 27- sentyabr 00:00 dan 08:00 gacha.
  • Yunusobod tumani: “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Astrobod”, “Turkiston”, “Tiklanish”, “Islomobod”, “Hasanboy” hamda “Katta Hasanboy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Oltinsoy” hamda “Qichqiriq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar