Samarqandda fuqarolarni noqonuniy tarzda Isroilga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Samarqand viloyatida 3 kishini noqonuniy tarzda Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan 2 shaxs qo‘lga olindi.
Samarqandda fuqarolarni Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Ma’lum bo‘lishicha, departament Samarqand shahrida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan 2 shaxsning boshqa bir 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroilga ishga yuborishni va’da qilganini aniqlagan.
2 shaxs buning evaziga jami 52 700 AQSh dollarini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgan. Ular o‘z aybiga iqror bo‘lib, fuqarolardan olgan pullari hisobidan 7 000 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Samarqand shahridagi “E.L.” nodavlat ta’lim muassasasi ish yurituvchisi ham 2 fuqaroni ushbu o‘quv markazida o‘qitib, keyinchalik Isroilga ishga yuborishi evaziga jami 6 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent – Samarqand yuqori tezlikdagi yo‘lovchi temiryo‘lini qurish boshlandi Samarqandda 19 yoshli qiz tanishini kaltakladi Samarqandda avtobus urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi To‘rt hududda 675 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi Qariyb 2 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi