Toshkentdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pulli bo‘lishi mumkin
Bektemir tumanidan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pullik qilish rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, vazirlik rahbariyati hamda Turkiyaning Onur Group kompaniyasining Moldova va Ruminiya davlatlaridagi loyihalar bo‘yicha direktori Bulent Tatar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik sohasida hamkorlik rivojlanib borayotgani, jumladan, avtomobil yo‘llari, tunnellar qurish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan erishilgan kelishuvlar e’tirof etilib, mazkur sohadagi hamkorlik masalasi muhokama qilindi va qayd etilgan yo‘nalishlarda mavjud loyihalar ko‘rib chiqildi.
Xususan, davlat-xususiy sheriklik asosida 4R12 Bektemir—Chirchiq—G‘azalkent—Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 6–77 kilometr qismini asfalt-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilib, pulli yo‘lga o‘tkazish loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvdan bir necha kun avval loyiha Onur Group kompaniyasi ekspertlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash va uni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab olish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi