WBA Shahram G‘iyosovning chempionlik jangiga buyruq berdi
O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov WBA chempionlik kamari uchun jang qiladi.
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov ishtirokidagi chempionlik jangiga buyruq berdi.
Hozirgi payrda litvalik Eymantas Stanionis yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni bo‘lib turibdi. Tashkilot Eymantasning ushbu kamarga majburiy da’vogar Shahram G‘iyosovga qarshi jang o‘tkazishi kerakligini ma’lum qilgan. Bokschilarning jamoasi o‘zaro jang sanasi, manzili va shartlari bo‘yicha kelishib olishi lozim.
Ma’lumot uchun, G‘iyosov so‘nggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari o‘zbekistonlik bokschi g‘alabasini, bir nafari Parraning g‘alaba qozonganini qayd etgandi.
G‘iyosov bugungacha 16 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.
Litvalik 30 yoshli bokschi professional boksda 15 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini O‘zbekistonda o‘tkazishi mumkin Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi WBA Ahmadaliyev va Inoue jangiga yana bir bor buyruq berdi Isroil Madrimov WBA reytingida 3 pog‘ona pastladi Isroil Madrimov keyingi jangi ham kamar uchun bo‘lishini aytdi