Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 21 sentyabr, shanba kuni ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda o‘rtacha tezlikgacha esadi, 21-22-sentyabrda ayrim hududlarda 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda 20-21-sentyabr kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, 22-sentyabrda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 14-17 daraja, kunduz kunlari 28-31 daraja bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Oʻzgidromet” 20-sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi 19-sentyabr kuni O‘zbekistonning aksar hududlarida yomg‘ir yog‘adi Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda 18-sentyabr kuni havo harorati nisbatan ko‘tariladi 17-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda