20 Sentabr 2024, 16:32 Oʻzbekiston

Toshkentda 9 yoshli maktab oʻquvchisi YTH qurboni boʻldi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda 9 yoshli maktab oʻquvchisi YTH qurboni boʻldi

Toshkent shahrida BYD urib yuborgan 9 yoshli maktab oʻquvchisi halok boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-sentyabr kuni soat taxminan 13:45 larda Sergeli tumani Fayzli Toshkent koʻchasida yuz bergan. Oʻsha kuni 1983-yilda tugʻilgan M.A. BYD rusumli avtomashinada harakatlanib, 2015-yilda tugʻilgan L.S. (piyoda)ni urib yuborgan.

Yoʻl-transport hodisasi oqibftida voyaga yetmagan L.S. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan

IIBBga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar