20 Sentabr 2024, 10:48 Jahon

Ilon Mask Ramzon Qodirovning Cybertruck elektromobilini “o‘chirib qo‘ydi”

Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan “o‘chirib qo‘yilganini” aytdi.

Ilon Mask Ramzon Qodirovning Cybertruck elektromobilini “o‘chirib qo‘ydi”

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Tesla kompaniyasidan olgan Cybertruck elektromobili ishlamay qolganini aytdi. Uning fikricha, mashinani kompaniya asoschisi Ilon Mask masofadan turib o‘chirib qo‘ygan.

Mask yaqinda Cybertruckni masofadan turib o‘chirib qo‘ydi. Bu erkakning ishi emas. “Temir otni” sudrab ketishga to‘g‘ri keldi. Ilon, nega bunday qilding? Shu ishing to‘g‘rimi?, deb yozdi Qodirov ijtimoiy tarmoqda.

Mashhur yangiliklar