20 Sentabr 2024, 08:50 Oʻzbekiston

Surxondaryodagi xonadonda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Surxondaryodagi xonadonda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsuloti ishlab chiqarish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro M.D. yashash xonadonining yordamchi xoʻjaligida yashirin ravishda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelganligi aniqlangan.

Ushbu sexdan 1 020 kg texnik chigit, 448 litr qora rangli yogʻga oʻxshash suyuqlik, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar