Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda Telegram’ga soxta havola joylab, shu orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Buxoro viloyatida yashovchi Yo.M. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 16 mln 410 ming so‘m noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘istonda yashovchi A.J. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, A.J. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali soxta havola jo‘natib kelgan. Bunga ishongan Yo.M.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi 16 mln 410 ming so‘mni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Leyli Seytova Qoroqalpog‘iston Ekologiya vaziri bo‘ldi Ikki hududda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Uch hududda 700 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi 4 ta metan zapravka 18 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi