O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
O‘zbekiston Isroildan qo‘shinlarini Falastindan olib chiqishni talab qiluvchi BMT rezolyutsiyasini yoqladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi chorshanba kuni Isroildan o‘z kuchlarini Falastin hududlaridan olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar berdi BMT axborot xizmati.
Falastin va boshqa o‘nlab davlatlar hamkorligida qabul qilingan rezolyutsiyaga 124 ta delegatsiya tomonidan yoqlab ovoz berildi, shu jumladan O‘zbekiston ham. 43 davlat betaraf qoldi, 14 davlat esa qarshi chiqdi.
Xalqaro sudning Isroilning Falastindagi bosib olgan hududida, shu jumladan, Sharqiy Quddusdagi siyosati va harakatlarining huquqiy oqibatlari bo‘yicha xulosasiga asoslanib, rezolyutsiya Isroildan “Falastin hududida noqonuniy ishtirokini zudlik bilan to‘xtatishni” talab qiladi.
Hujjatda talabni “mazkur rezolyutsiya qabul qilinganidan keyin 12 oydan kechikmay” bajarish bo‘yicha muddatlar ham ko‘rsatilgan.
Rezolyutsiya BMT Bosh assambleyasining Yaqin Sharq mojarosi bo‘yicha 10-maxsus sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, u 17-sentabr kuni o‘z ishini qayta boshladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ravshan Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi bo‘ldi Oʻzbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi FIFA reytingi yangilandi, unda O‘zbekistonning o‘rni qanday? Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi Misr O‘zbekistonga gepatit C’ga qarshi dorilar yetkazib berishni tikladi