19 Sentabr 2024, 07:22 Oʻzbekiston

19-sentyabr kuni O‘zbekistonning aksar hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

19-sentyabr kuni O‘zbekistonning aksar hududlarida yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” 19-sentyabr, payshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 27-29 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar