18 Sentabr 2024, 13:10 Oʻzbekiston

Toshkentda uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Chilonzor tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkentda uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida uchta avtomobil to‘qnashib, YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, 18-sentyabr kuni soat 00:30 larda Chilonzor tumani KHAY—Qatortol ko‘chalari chorrahasida 1993-yilda tug‘ilgan K.D. boshqaruvidagi Nexia-2, 2003-yilda tug‘ilgan Y.A. boshqaruvidagi Malibu-1, 1995-yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Cobalt to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar