Tojikiston fuqarolari Rossiyaga bormaslikka chaqirildi
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi.
Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi oʻz fuqarolariga Rossiyaga safar qilishdan vaqtincha tiyilishni tavsiya etdi.
Rossiya Federatsiyasi hududidagi quruqlik va havo oʻtkazish punktlarida xorijiy fuqarolarning davlat chegarasi orqali kirib kelishi ustidan kuchaytirilgan nazorat rejimi davom etayotganligini hisobga olib, Tojikiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Tojikiston Respublikasi fuqarolariga vaqtinchalik Rossiya Federatsiyasiga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya etadi, deyiladi bayonotda.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 27-aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya chegarasida “chegaradan oʻtayotgan shaxslarning fuqaroligidan qatʻi nazar” amalga oshiriladigan “tekshiruv tadbirlarini” eʻlon qilgan edi. Ushbu tadbirlar Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida sodir boʻlgan terrorchilik harakatidan keyin kuchaytirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada musulmonlarga ko‘pxotinlikka ruxsat berildi Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi Rossiyada qarovsiz qolgan 15 nafar bola vatanga qaytarildi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili ish boshlaydi