11 Sentabr 2024, 13:05 •Oʻzbekiston
Toshkentning ikki tumani vaqtincha issiq suvsiz qoladi
Ta’mirlash ishlari sabab poytaxtning ikki tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi.
Toshkent shahar Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 11-sentyabr kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Shayxontohur tumani: S-26, S-27, S-28, Huvaydo dahalari.
- Olmazor tumani: Qoraqamish 2/1, talabalar shaharchasi, B-1, B-2 dahalari, Niyozova ko‘chasi.
Issiq suv ta’minoti ta’mirlash ishlari tugallanishi bilan tiklanadi (taxminan bugun 23:00 gacha).Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi aytildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi
19 Sentabr 2024, 14:35Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi
19 Sentabr 2024, 13:54