10 Sentabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Toshkentda “Vaz-2104” yonib ketdi

Olmazor tumanida “Vaz-2104” butunlay yonib ketdi.

Toshkentda “Vaz-2104” yonib ketdi

Kecha, 9 sentyabr kuni Olmazor tumani Chimboy koʻchasida soat 18:35 larda “Vaz-2104” rusumli transport vositasida yongʻin kelib chiqdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga koʻra, yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar boʻlmagan.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Mashhur yangiliklar