Toshkentda aksiz markasiz alkogol mahsulotlari savdodan olindi
Yunusobod tumanidagi savdo do‘konida aksiz marka bilan yelimlanmagan alkogol mahsulotlari aniqlandi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi savdo do‘konidan O‘zbekiston aksiz markasi bilan yelimlanmagan alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tumanda faoliyat yurituvchi “N.G.” MChJ savdo do‘koni sotuvchisi R.Q. xaridorga O‘zbekiston aksiz markasi bilan yelimlanmagan 2 dona viski va 2 quti tamaki mahsulotini jami 2,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan xorijda ishlab chiqarilgan turli nomdagi umumiy bahosi 125,4 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi