Prezident Paralimpiyada chempionlari — Sherzod Namozov va Husniddin Norbekov bilan telefonlashdi
Shavkat Mirziyoyev sportchilarni butun oʻzbek xalqi nomidan samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda boʻlib oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining keyingi kunlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilarimiz bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritgan edi. Bu hamyurtimizning Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi chempionligi boʻldi.
Yengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi oʻrinni egalladi. Shu tariqa, u uchinchi bor Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi.
Davlat rahbari suhbatda ularning irodali kurashlarini hayajon bilan kuzatganini, Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini taʼkidladi. Butun oʻzbek xalqi nomidan sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi Sherzod Namozov ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi Prezident ikki karra Paralimpiya chempioni Bobur Omonovga qoʻngʻiroq qildi Uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi Prezident Paralimpiya chempionlari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan qo‘ng‘iroqlashdi