Raqobat qo‘mitasi “Namangan suv ta’minoti” mansabdorlarini jarimaga tortdi
“Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzgani aniqlandi.
Raqobat qo‘mitasi “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzgani haqida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qo‘mitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Namangan suv ta’minoti” AJ tomonidan 2023−2024-yillarda amalga oshirilgan davlat xaridlari yuzasidan o‘rganish va tahlillar olib borilgan.
Jumladan, Namangan viloyat prokuraturasining topshirig‘iga ko‘ra, “Namangan suv ta’minoti” AJ buyurtmachiligida 2023-yil davomida hamda 2024-yil 16-iyun kuniga qadar jami 167 ta lot bo‘yicha boshlang‘ich narxi 4,9 mlrd so‘mga yaqin amalga oshirilgan davlat xaridlari o‘tkazilgan.
O‘rganishlar davomida mazkur aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuqoridagi davlat xaridlarini amalga oshirishda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etilmagani ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, buyurtmachi tomonidan 36 ta lot bo‘yicha boshlang‘ich narxi 846,1 mln so‘mlik tanlov savdolarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan (affillangan) jamiyatlar g‘olib deb topilgani aniqlangan.
Hududiy boshqarma tomonidan davlat xaridlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilganligi yuzasidan buyurtmachi tashkilotga (“Namangan suv ta’minoti” AJ) nisbatan tuzilgan ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organga taqdim etilgan.
Shuningdek, “Namangan suv ta’minoti” mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llash bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga ma’lumotlar yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi