6 Sentabr 2024, 10:15 •Oʻzbekiston
Toshkent va yana ikki viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
Sirdaryo viloyatidan 310 va Namangan viloyatidan 38,8 gektar yer maydonlari Toshkent viloyati hududiga o‘tkaziladi.
Toshkent viloyatining Sirdaryo va Namangan viloyatlari bilan chegara hududlariga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimotida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida quyidagi o‘zgarishlar taklif qilinmoqda:
- Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston, Boyovut tumanlari va Shirin shahri) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
- Toshkent viloyatining 6 ta (Chinoz, Quyi Chirchiq. Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Bekobod tumanlari va Bekobod shahri) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga o‘tkazilishi (o‘rtadagi farq 36,8 ga);
- Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
- Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga o‘tkazilishi (o‘rtadagi farq 12,5 ga).
Qaror loyihasi mahalliy kengash deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 34 bosh otni noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi Sirdaryoda 6 ta mashina to‘qnashib ketdi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlagan shaxs jarimaga tortildi Ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimining oilasiga 340 mln soʻm undirib berildi
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53