Toshkent viloyatidagi ochiq dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi
Yarim tunda Bo‘stonliq tumanidagi ochiq dala maydonida yong‘in yuz berdi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ochiq dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4-sentyabr kuni soat 01:46 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Bo‘stonliq tumani “Qoronqul” mahallasi hududida ochiq dala maydonda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hamda 30 nafar qutqaruvchi jalb qilingan. Yong‘in “Qoronqul” MFY hududidagi tuman zaxira yerlarida 2 gektar maydonda yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq o‘t va shox-shabba yongan.
Olib borilgan sa’y harakatlar natijasida yong‘in soat 02:50 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Toshkent viloyatida fuqaro 5 metrlik chuqurlikka tushib ketdi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi