4 Sentabr 2024, 11:23 •Oʻzbekiston
Mirobodda Cobalt yoritgich ustuniga urilib yonib ketdi
Hozirda mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Toshkent shahrida yoritgich ustuniga toʻqnashgan Cobalt yonib ketdi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 3-sentyabr kuni soat 21:00 larda Mirobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. 2002-yilda tugʻilgan S.X. Cobalt rusumli transport vositasida harakatlanish vaqtida rul boshqaruvini yoʻqotib, yoritgich ustuniga borib urilgan. Oqibatda avtomashinada yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida ogʻir tan jarohati olganlar yoʻq, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24