3 Sentabr 2024, 16:01 Oʻzbekiston

Mingbuloq tumani sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Nurshod Xudoyberdiyev yangi lavozimga tayinlandi.

Mingbuloq tumani sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Nurshod Nurmamatovich Xudoyberdiyev Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Nurshod Xudoyberdiyev 1983-yilda Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida u Namangan viloyati “Suvnazorat” inspeksiyasida turli vazifalarda ishlagan. 2015−2016-yillarda Mingbuloq tumani Zardaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Shuningdek, u 2016−2017-yillarda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2017−2019-yillarda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Mashhur yangiliklar