3 Sentabr 2024, 15:10 •Jahon, Oʻzbekiston
Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi
Oqibatda bir nafar haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan, yana yetti kishi jabrlangan.
Qozog‘istonning Chimkent viloyatida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Otyrar Telegram kanalida berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, Olmaota trassasining yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida Opel Vectra avtomobili Toyota Alphard’ga borib urilgan.
Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
Yana yetti kishi jabrlangan. Ularning barchasi Toyota Alphard salonida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Qizilo‘rdadan uylariga qaytayotgan bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53