3 Sentabr 2024, 10:06 •Oʻzbekiston
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi
Rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari sabab poytaxtning ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkent shahrining ikki tumani Bektemir va Yunusobodda bir kun davomida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv taʼminoti” xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suvo‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 5-sentyabr soat 09:00 dan 6-sentyabr 21:00 ga qadar ichimlik suv bosimi pasayishi kuzatiladi hamda quyidagi hududlarda vaqtincha bo‘lmaydi.
- Bektemir tumani bo‘yicha: “Mirishkor”, “Rohat”, “Majnuntol”, “Zilola”, “Iqbol”, “Chashma”, “Iyk ota”, “Abay”, “Gulbog‘”, “Husayn Boyqaro”, “Bektemir”, “Oltintopgan”, “Sohil”, “Musaffo” mahallalari hamda “Vodnik” issiqlik markazida;
- Yunusobod tumani bo‘yicha: “Islomobod”, “Hasanboy”, “Sharq haqiqati” mahallalarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar

Toshkent viloyatida ayol o‘zini Afrosiyob poyezdi tagiga tashlab vafot etdi
3 May 2025, 11:47
Toshkentda uyida narkotik yetishtirgan fuqarolar qo‘lga olindi
2 May 2025, 22:17
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi
2 May 2025, 18:15
Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini tartibga solishni boshlashni rejalashtirmoqda — Timur Ishmetov
2 May 2025, 17:11
O‘zbekistondagi Damas zavodida yangi avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi
2 May 2025, 15:47
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi, binolari savdoga qo‘yiladi
2 May 2025, 14:00
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
2 May 2025, 12:24
Denovda 32 nafar bog‘cha bolasini Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi
2 May 2025, 10:51