Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligini buzgan yana bir bankni jarimaga tortdi
Raqobat qo‘mitasi xizmatlarini reklama qilishda qonunchilik talablarini buzgani uchun Universalbank’ni jarimaga tortdi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan Universalbank ATBga nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘rganishlar davomida Universalbank tomonidan e’lon qilingan “Sarmoya 25” nomli omonat turi reklamasida yillik foiz stavkasi 25 foizni tashkil etishi haqida axborot berilgani aniqlangan.
Ushbu reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, omonatning muddati 18 oy ekani, yillik foiz stavkasi 22 foizni tashkil etishi, foizlar har oyda to‘lanishi va kapitalizatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, omonat turi yuzasidan boshqa muhim ma’lumotlar (omonat muddati, omonat kiritishning eng kam miqdori va boshqalar) berilmagan, deyiladi xabarda.
Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar talablari buzilish alomatlari yuzasidan Universalbank’ka nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llandi.
Shuningdek, bankka qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi Raqobat qo‘mitasi: 6 turdagi muzqaymoqda ortiqcha shakar va bakteriyalar aniqlandi 20 mlrd so‘mga yaqin noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi Raqobat qo‘mitasi “Namangan suv ta’minoti” mansabdorlarini jarimaga tortdi Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri asossiz daromad olgani aniqlandi