31 Avgust 2024, 14:42 •Oʻzbekiston
Oʻzbekiston maktablarida “Huquqiy sinflar” tashkil etiladi
Hukumat qarori bilan maktablarda huquqiy fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan “Huquqiy sinflar” tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalarida uzluksiz huquqiy taʼlim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
2024-2025 oʻquv yilidan boshlab:
- maktablarda “Huquqiy sinf” tashkil etish va huquqiy fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi;
- Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boshlanadi.
“Huquqiy sinf”ni tashkil etishning asosiy vazifalari:
- zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda “Davlat va huquq asoslari” fanini chuqurlashtirib oʻrganish;
- “Huquqshunoslik” yoʻnalishi boʻyicha variativ oʻquv rejalari asosida oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash;
- huquqni muhofaza qilish faoliyati yuridik amaliyoti xodimlarini jalbetish orqali sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish;
- oʻquvchilarni “Davlatvahuquqasoslari” faniboʻyichamaktab, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash.
“Huquqiy sinf”ga “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziqqan 8-sinf oʻquvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrugʻi bilan oʻtkaziladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Turizm sohasidagi faoliyatga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53