Parkent tumanida ming yillik tarixga ega qabr qoldiqlari topildi
Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi yo‘l qurilishi davomida ming yillik tarixga ega qabr qoldiqlari topildi.
Toshkent viloyatining Parkent tumanida qadimgi davrga oid qabr qoldiqlari topildi, deya xabar bermoqda Madaniya meros agentligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, u iyun oyida Kumushkon mahallasidagi fermer xo‘jaligiga olib boruvchi yo‘lning qurilishi jarayonida topilgan. Birlamchi o‘rganishlar natijasida ushbu hududdan suyak bo‘laklari hamda kuchli zanglagan temir qilich ham chiqqan.
Qazishmalar davomida yo‘l ustida yer surish ishlari olib borilayotgan vaqtida hosil bo‘lgan o‘ra aslida yerosti dafn xonasi (katakomba) ekani aniqlangan. Mutaxassislar tomonidan bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda bulla (muhr) topilgan.
Qurilishning umumiy turi va dafn marosimining ko‘pligidan kelib chiqqan holda mutaxassislarning taxminlaricha, ushbu qabr eramizning I ming yilligiga to‘g‘ri kelmoqda. Arxeolog olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday qabrlar o‘sha davrdagi ko‘chmanchi chorvador aholiga taalluqli bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Noyob topilmalarni o‘rganish maqsadida eksponatlar Y.G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti laboratoriyasiga yuborilgan. Hozirgi vaqtda agentlikning moliyaviy ko‘magida hududda institut xodimlari tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi Toshkent viloyati Sibir tog‘ echkisi ovlangani aniqlandi Hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumida halok boʻlgani yuzasidan jinoiy ish ochildi 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Toshkent viloyatida kelin-kuyov nomaʼlum moddadan zaharlanib, vafot etdi