O‘zbekistonda dorilar narxini asossiz oshirib sotgan yuzlab dorixona aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi hududlarda dori vositalari narxlarini asossiz oshirish bo‘yicha 49 455 ta holat qayd etilganini ma’lum qildi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi dori vositalari narxlarini asossiz oshirish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi. Qo‘mitaning Fair tech yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha tekshirish o‘tkazilganda 473 ta dorixonada (133 ta ulgurji va 340 ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi.
Dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida iste’molchilardan 5,4 milliard so‘mga yaqin mablag‘, ya’ni asossiz daromad olingan. Bunday holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahridagi dorixonalarda kuzatilgan: 71 ta dorixonada 17 266 ta holatda 1 milliard 911 million so‘m miqdorda asossiz mablag‘ olingan.
O‘rganishlar davomida jami 49 455 ta shunday holat qayd etilgan. Noqonuniy olingan mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, ularning huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi Raqobat qo‘mitasi: 6 turdagi muzqaymoqda ortiqcha shakar va bakteriyalar aniqlandi 20 mlrd so‘mga yaqin noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi Raqobat qo‘mitasi “Namangan suv ta’minoti” mansabdorlarini jarimaga tortdi Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri asossiz daromad olgani aniqlandi