29 Avgust 2024, 15:18 •Oʻzbekiston
Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
“O‘zbekneftgaz”ning 4,8 mlrd so‘mga yaqin savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi buzilganlik alomatlari aniqlandi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali o‘tkazilgan savdolarda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablari buzilganlik alomatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 2 ta, jami 4,8 mlrd so‘mga yaqin eng yaxshi taklifni tanlash savdolarida mazkur alomatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “O‘zbekneftgaz” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Qo‘zg‘atilgan ish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24