29 Avgust 2024, 12:10 Oʻzbekiston

OTMlardagi super kontrakt miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston OTMlarida superkontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

OTMlardagi super kontrakt miqdori e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam to‘plamagan hamda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar birinchi o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan super-kontrakt qiymatini to‘lagan holda o‘qishlari mumkin.

Super kontrakt miqdori yo‘nalishlarga qarab farqlanadi. Bunda tabaqalashtirilgan kontrakt eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari, eng ko‘pi esa BHMning 19 baravarini tashkil etadi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foizlik chegirma beriladi.

Barcha yo‘nalishlar uchun belgilangan super kontrakt miqdorini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Mashhur yangiliklar