Isroildagi muzeyda besh yoshli bola 3,5 ming yillik ko‘zani sindirib qo‘ydi
Isroilda ota-onasi bilan muzeyga kelgan to‘rt-besh yosh oralig‘idagi bola 3,5 ming yillik ko‘zani sindirib qo‘ydi.
Isroildagi Xexta muzeyiga tashrif buyurgan bola 3,5 ming yillik ko‘zani sindirib qo‘ydi, deb xabar beradi BBC.
Ko‘za muzeyda himoya oynalarisiz namoyishga qo‘yilgan — muzeydagilar arxeologik topilmalarning bunday “to‘siqsiz” namoyishini “jozibador” hisoblab keladi.
Muzey ma’muriyatining ma’lum qilishicha, bola va uning oilasi ekskursiya uchun tashkil qilingan ko‘rgazmaga taklif etilgan.
Shunday holatlar bo‘ladiki, eksponatlarga qasddan shikast yetkazishadi va bunday vaziyatda ish politsiya jalb qilingan holda qattiq ko‘rib chiqiladi.
Ammo mazkur holat boshqacha. Ko‘zani muzeyga tashrif buyurgan to‘rt yoki besh yoshli bola sindirib qo‘ydi va unga ko‘riladigan chora ham shunga yarasha bo‘ladi, deydi muzey xodimi Lixi Laslo.
Hozirda bronza davriga tegishli bo‘lgan ko‘zani restavratsiya qilish bilan shug‘ullanadigan mutaxassis tayinlangan va tez orada u o‘z joyiga qaytariladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi Isroil Eronning keng ko‘lamli hujumiga tayyorlanmoqda O‘zbekistonda muzey ta’mirlanishi fonida qimmatbaho suratlar sotuvga qo‘yilgani aytildi Isroil armiyasi yana G‘azodagi shifoxonaga hujum qildi Исроилнинг Рафаҳга ҳужуми оқибатида 45 киши ҳалок бўлди