Afg‘onistondan o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlar O‘zbekistonda qoladigan bo‘ldi
AQShning Toshkentdagi elchisi Jonatan Henik 3 yil oldin Afg‘onistondan o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlar O‘zbekistonda qolishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va AQSh rasmiylari 2021-yilning avgust oyida Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga olib kelingan harbiy samolyot va vertolyotlar taqdiri bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchisi Jonatan Henik Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Harbiy texnikalar O‘zbekistonda bo‘ladi. Ha, bu allaqachon rasmiy, dedi elchi aviatexnika jihozlari O‘zbekistonda qoladimi, degan savolga javob berar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar allaqachon “qo‘shma dasturni amalga oshirishni boshlagan”.
Ushbu texnikalar hech qachon afg‘onlarniki bo‘lmagan, ular amerikaliklarniki edi. Ular (afg‘on armiyasi — tahr.) undan foydalandi, lekin biz hamisha egasi bo‘lganmiz, dedi diplomat.
Maʻlumot uchun, Oʻzbekistonga jami 22 ta harbiy samolyot va 24 ta harbiy vertolyot kelib qolgan. Ular orasida Embraer EMB 314 Super Tucano, UH-60 Black Hawk, MD-530 va Mi-17 modellari bor.
Мавзуга оид хабарлар:
AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Trampning noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi bor — TIME Oʻzbekiston hududida zilzila qayd etildi Tramp o‘zini AQShning 47-prezidenti deb e’lon qildi Bektemir Meliqo‘ziyev sobiq raqibining imkoniyatlarini yuqori baholadi