Rossiyada sudlangan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin
Rossiyada sudlangan barcha migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish tashabbusi Davlat dumasiga kiritiladi.
Rossiyada sudlangan barcha migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Bu boradagi tashabbus Davlat dumasiga kiritiladi, deb xabar berdi Davlat qurilishi va qonunchilik bo’yicha qo’mita raisi o‘rinbosari Sardana Avksentiyeva.
Shuningdek, bunday migrantlar Rossiyaga kirish huquqisiz hamda vaqtinchalik yashash ruxsatnomalaridan mahrum qilingan holda mamlakatdan chiqarilishi ma’lum qilindi.
Bu tashabbusga kecha 23-avgust kuni Volgograd yaqinidagi koloniyada ro‘y bergan voqea turtki bo‘ldi.
Gap shundaki, Volgograd viloyatining Surovikino shahridagi 19-sonli axloq tuzatish koloniyasida 4 nafar mahbus bir necha federal jazoni ijro etish xizmati xodimlarini garovga oldi. Mazkur mahbuslar Rossiyaga ishlashga kelgan migrantlar bo‘lib, ular turli jinoyatlar bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilingan.
Rossiya maxsus kuchlari garovdagilarni ozod qilish uchun shturm uyushtirib, jinoyatchilarni zararsizlantirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda YouTube Rossiyada cheklovlarsiz ishlay boshladi Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi