Afrikada insoniyat tarixidagi ikkinchi eng katta olmos topildi
Yangi olmos Mega Diamond Recovery X-ray Transmission maxsus rentgen texnologiyasidan foydalangan holda topilgan.
Lucara Diamond konchilik kompaniyasi Botsvanadagi (Afrika) Karove konida og‘irligi 2492 karat (498,4 gramm) bo‘lgan olmos topilganini e’lon qildi.
Hali o‘z nomini olmagan qimmatbaho tosh shu paytgacha topilganlar orasida ikkinchi va hozir mavjud bo‘lganlar orasida eng kattasi bo‘ladi.
Yangi olmos Mega Diamond Recovery X-ray Transmission maxsus rentgen texnologiyasidan foydalangan holda topildi, bu katta qimmatbaho toshlarni aniqlash va butun bo‘lak holida qazib olish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, bundan kattaroq olmos – 3106,75 karat yoki 621,35 gramm – 1905 yilda Janubiy Afrikada topilgan mashhur “Kullinan” edi. Ammo bu tosh yuzdan ortiq bo‘laklarga bo‘lindi. Uning eng katta bo‘lagi – “Afrika Buyuk Yulduzi” olmosining og‘irligi 530,2 karat bo‘lib, Britaniya qiroli Edvard VII tayoqchasini bezatadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Keyingi yilda ikkita Quyosh va ikkita Oy tutilishi sodir bo‘ladi JSST mpox’ga qarshi kurashishga oid alohida tavsiyalarni tasdiqladi Ilk bor Afrikadan tashqarida ham maymunchechak bilan kasallanish aniqlandi Afrikada maymunchechak sabab favqulodda holat deb e’lon qilindi Urgutda So‘g‘d madaniyatiga oid ibodatxona va noyob devoriy suratlar topildi