22 Avgust 2024, 19:25 Oʻzbekiston

Andijonda hokim o‘rinbosari 30 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari zaxiradagi yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Andijonda hokim o‘rinbosari 30 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari 30 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Aniqlanishicha, tuman uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi va tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJ xodimi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 3,75 gektar yerning 1,75 gektarini E-auksion orqali arzon narxda olib berish, qolgan 2 gektarini esa 2019-yildagi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishgan. Buning evaziga ular 30 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida ular ushbu masalani tuman hokimining o‘rinbosari orqali hal etishlari aniqlanib, mazkur mansabdor shaxs ham 30 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman hokimi o‘rinbosari va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Mashhur yangiliklar