IIO xodimlarining xizmat muddati uzaytirilgani haqidagi xabar rad etildi
Tarmoqlarda IIO xodimlarining pensiyaga chiqish uchun xizmat muddati 25 yilga uzaytirilganiga doir xabarlar tarqaldi.
Tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilgacha uzaytirish mumkinligi haqida yolg‘on axborot tarqalmoqda, deb raddiya berdi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, amaldagi “Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun hamda prezidentning 3413-sonli qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan so‘ng o‘tagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish bo‘yicha taklif yoki qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmagan, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Мавзуга оид хабарлар:
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi O‘zbekistonda pensiya islohoti konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi IIOda maxsus unvon uchun xizmat o‘tash muddatlari o‘zgardi O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi