Farg‘onada 21 yoshli yigitni kaltaklagan erkak qamaldi
O‘zbekiston tumanida yosh yigitni kaltaklagan 36 yoshli erkak qamoqqa olindi.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani markazida erkak yosh yigitni kaltaklab, yerga sudradi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olinganini xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlarida mazkur huquqbuzarlikni 36 yoshli O.X. sodir qilgani aniqlangan. U 21 yoshli jabrlanuvchini kaltaklaganiga quyidagicha izog bergan:
Dadam yonimizdagi dalada qo‘y boqib yurgan ekan. “Sen cho‘loqsan!” deb otamning shaxsiyatiga tegibdi. Shundan so‘ng bolani izlab bordim va kechirim so‘rashini aytdim. Lekin borgisi kelmay, qarshilik qilgani uchun jahl ustida urib yubordim, degan ayblanuvchi.
Tuman markaziy shifoxonasining dastlabki ma’lumotida jabrlanuvchi A.B.ga bosh, yuz, burun, lab ichki yuzasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.X. qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan yigit qamaldi