Toshkentda 1 tup daraxt kesgan fuqaro 17,3 mln so‘m jarimaga tortildi
Shuningdek unga kesilgan daraxt uchun kompensatsiya tarzida 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida fuqaro 1 tup mojjevelnik (archa) daraxtini kesgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
Holat yuzasidan qilingan murojaat joyiga chiqib o‘rganilganida Madadkor MFYda fuqaro Y.U. tomonidan 1 ta daraxt kesilib, o‘sishdan to‘xtash darajasida shikast yetkazilgani aniqlangan. Oqibatda tabiatga 8 million 840 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Y.U.ga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari — 8 million 500 ming so‘m jarima belgilandi. Huquqbuzar jami 17 million 340 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Shuningdek, unga Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qaroriga asosan kesilgan daraxt uchun kompensatsiya tarzida 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi