21 Avgust 2024, 13:17 •Oʻzbekiston, Jahon
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini terrorchi tashkilotga yollagan shaxs qo‘lga olindi
Xabarovsk o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolarini terrorchi tashkilotga yollagan Markaziy Osiyo davlatlaridan birida tug‘ilgan shaxs ushlandi.
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida chet el fuqarosi O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilar safiga yollagan, deb xabar bermoqda RF «FSB» mintaqaviy boshqarmasi.
Terrorchilik faoliyatida yordam ko‘rsatgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birida tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. Ushlangan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida tayyorgarlikdan o‘tish va bevosita ishtirok etishga yollagan, deyiladi xabarda.
Ayblanuvchining harakatlaridan keyin Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi (Terrorchilik faoliyatiga ko‘mak ko‘rsatish).
U hibsga olindi. Hozirgi vaqtda tergov jarayoni davom etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada musulmonlarga ko‘pxotinlikka ruxsat berildi Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi Koreyada ish joyini tashlab ketgan o‘zbekistonliklarning kafillaridan 2 mlrd so‘m undirildi Rossiyada qarovsiz qolgan 15 nafar bola vatanga qaytarildi
Soʻnggi yangiliklar
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rahbar tayinlandi
21 Dekabr 2024, 19:08O‘zbekistonda Bojxona kodeksining yangilangan loyihasi ishlab chiqiladi
21 Dekabr 2024, 18:14Toshkent viloyatida tarbiyachi bog‘cha bolasini kaltakladi
21 Dekabr 2024, 17:23Ravshan Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi bo‘ldi
21 Dekabr 2024, 16:3022 dekabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi
21 Dekabr 2024, 15:20Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlanadi
21 Dekabr 2024, 14:25Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
21 Dekabr 2024, 13:28Husanov faoliyatini APL grandi safida davom ettirishi mumkin
21 Dekabr 2024, 12:31