O‘zbekistonda HET boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
Prezident “Hududiy elektr tarmoqlari”ning boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanishini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda so‘nggi yillarda energetika sohasi isloh qilinib, xususiy sektorga keng yo‘l ochib berilgani, bu orqali 3,5 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalari ishga tushdi va yana 31,5 milliard dollarlik 50 ta loyiha bo‘yicha ishlar jadal davom etayotganini ma’lum qildi.
Prezident “Hududiy elektr tarmoqlari”ning boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanishini aytdi.
Xususan, oktyabrda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlariga xususiy operator jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qilinadi. Kelgusi yil Jizzax va Sirdaryoda ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, muloqotda yer osti boyliklarini o‘zlashtirishga tadbirkorlarni keng jalb etib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi. Shu yilning o‘zidayoq 150 tadan ortiq kon va maydonlar tadbirkorlarga sotildi.
Yil yakunigacha yana 300 ta kon va maydonlar tadbirkorlarga taklif qilinadi. Qurilishda qum-shag‘alga ehtiyojni qoplash maqsadida 110 million kub metr zaxirali 172 ta kon ham tadbirkorlik uchun ajratiladi, dedi Prezident.
Мавзуга оид хабарлар:
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rahbar tayinlandi Ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimining oilasiga 340 mln soʻm undirib berildi