Yangi o‘quv yilida qancha abituriyent talaba bo‘lgani ochiqlandi
2024/2025 o‘quv yilida necha nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi.
Oliy ta’lim muassasalarining 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha 186 871 nafar abituriyent bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etildi. Bu haqda 19-avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarovning so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi imtihonlarda davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish balli — 121,7, to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish balli — 94,7 ni tashkil qilgan.
Talab bo‘lgan 186 871 nafar abituriyentdan 41 153 nafari davlat granti, 145 718 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.
Ularning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti quyidagichani tashkil etadi:
Kunduzgi ta’lim shakliga:
- davlat granti asosida — 39 903 nafar;
- to‘lov-kontrakt asosida — 84 132 nafar;
Sirtqi ta’lim shakliga:
- davlat granti asosida (imtiyozli) -1046 nafar;
- to‘lov-kontrakt asosida — 48 555 nafar;
Kechki ta’lim shakliga:
- davlat granti asosida (imtiyozli) — 153 nafar;
- to‘lov-kontrakt asosida — 8455 nafar;
Masofaviy ta’lim shakliga:
- davlat granti asosida (imtiyozli) — 51 nafar;
- to‘lov-kontrakt asosida — 4576 nafar;
Talabalikka tavsiya etilganlarning 14 230 nafarini imtiyozli qabul parametrlari doirasida qabul qilinganlar, shuningdek, 120 845 ming nafarini joriy yil bitiruvchilari tashkil etadi.
Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi, — dedi agentlik vakili.
Мавзуга оид хабарлар:
Superkontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi Toshkentda “ahvoli yomonlashgan” abituriyentga tez yordam xodimi telefon olib kirib berdi Test sinovi oʻtkaziladigan binolar roʻyxati eʼlon qilindi Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi Talablarni toʻliq bajarmagani uchun 90 ming abituriyent arizasi rad etildi