Toshkentdan Malayziyaga uchgan samolyotda o‘g‘rilar ushlandi
Toshkentdan Malayziyaga uchgan samolyotda yo‘lovchilarning buyumlarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlar ushlandi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2024 yil 15 avgust kuni Toshkent – Kuala-Lumpur (Malayziya) yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirgan qatnovida (HY553) yo‘lovchilarning qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlashga urinish sodir bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.
Qayd qilinishicha, samolyot Kuala-Lumpurga yetib borgach, havo kemasi ekipaji tomonidan [yo‘lovchilarning buyumlari yo‘qolgani yuzasidan] politsiya chaqirilgan. So‘ngra politsiya havo kemasini ko‘zdan kechirgan.
Shunda [yo‘qolgan] buyumlar topilgan. [O‘g‘rilikda] gumon qilingan chet el fuqarolari ushlangan va vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Malayziya poytaxti politsiya xizmatiga olib ketilgan.
Aviakompaniya yo‘lovchilarning qo‘l yuki uchun javobgar emasligini, qimmatbaho buyumlar va pul mablag‘lari har doim yo‘lovchining o‘zida turishi kerakligini eslatmoqda. Bundan tashqari, jomadonlarni qat’iy ravishda o‘rindiq tepasida joylashtirish tavsiya etiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘ndirildi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi dronlari ishlab chiqarilishi mumkin Toshkent – Nyu York yo‘nalishida uchgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi UzAirways samolyotida parvoz vaqtida nosozlik kuzatildi Samarqandga uchgan samolyot Moskvaga favqulodda qo‘ndi
Soʻnggi yangiliklar







