16 Avgust 2024, 14:23 •Oʻzbekiston
Toshkent aeroportida 20 yoshli qiz fohishalik uchun Dubayga yuborilayotgani aniqlandi
Toshkent viloyatida 20 yoshli qiz odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Angren shahrida yashovchi yigit A.R. (2004-yilda tug‘ilgan) o‘ziga tanish bo‘lgan 20 yoshli qiz S.T.ni aldab, katta daromad topishga ishontirgani aniqlangan.
A.R. qizni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Ma’lumotga ko‘ra, yigit qizni jo‘natayotgani uchun Dubay shahrida yashovchi ayoldan 2 ming dollar olgan.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Dubayda qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi Jizzaxda 23 yoshli ayolni fohishalik uchun Rossiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan erkak qamaldi Toshkent aeroportidaqizlarni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi Turkiyada qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda uyida narkotik yetishtirgan fuqarolar qo‘lga olindi
2 May 2025, 22:17
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi
2 May 2025, 18:15
Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini tartibga solishni boshlashni rejalashtirmoqda — Timur Ishmetov
2 May 2025, 17:11
O‘zbekistondagi Damas zavodida yangi avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi
2 May 2025, 15:47
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi, binolari savdoga qo‘yiladi
2 May 2025, 14:00
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
2 May 2025, 12:24
Denovda 32 nafar bog‘cha bolasini Damas’da tashigan haydovchiga chora ko‘rildi
2 May 2025, 10:51
Birjada propan narxi metan narxi oshishi fonida 21 foizga oshdi
1 May 2025, 21:23