15 Avgust 2024, 15:49 Jahon

COVID-19 tashxisi sabab To‘qayevning Olimpiada sovrindorlari bilan uchrashuvi qoldirildi

Parij Olimpiadasidan qaytgan qozog‘istonlik sportchilarda COVID-19 aniqlandi, ularning mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan rejalashtirilgan uchrashuvi qoldirildi.

COVID-19 tashxisi sabab To‘qayevning Olimpiada sovrindorlari bilan uchrashuvi qoldirildi

Parij Olimpiadasida ishtirok etgan qozog‘istonlik sportchilarda COVID-19 aniqlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2024-yilgi Olimpiadada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchi va murabbiylarni davlat mukofotlari bilan taqdirlagan. Siyosatchi ular bilan uchrashishni rejalashtirilgan. Biroq ularning ayrimlari koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan.

Afsuski, ayrim sportchilar va treneralarda kovid aniqlandi, shu sababli uchrashuvni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keldi. Sportchilarimizga tezroq sog‘ayib ketishni tilaymiz, deydi To‘qayevning matbuot kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilarning prezident bilan uchrashuvi avgust oyi oxirida Oqo‘rdada o‘tkazilishi rejalashtirilgan va albatta bo‘lib o‘tadi.

Jamoamizning 3 nafar sovrindori va 2 nafar murabbiysida COVID-19 aniqlandi. Ularning PZR-testi ijobiy natija berdi. Uchala sportchi ham Parij Olimpiadasi sovrindorlari. Ayni paytda ular izolyatsiya qilingan. Davolanishmoqda, kasallik yengil kechmoqda, deydi turizm va sport vazirining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Dias Axmetsharip.

Mashhur yangiliklar