14 Avgust 2024, 18:58 Oʻzbekiston

Andijonda xonadon va unga tutash kiyim do‘konida yong‘in yuz berdi

Hozirda hodisaning sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Andijonda xonadon va unga tutash kiyim do‘konida yong‘in yuz berdi

Bugun, 14 avgust kuni Andijon viloyatidagi do‘kon va unga tutash uyga o‘t ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 15:54 da Andijon shahar “O‘zbekiston 20 yilligi” MFY Furqat ko‘chasida joylashgan fuqaro M.I.ning yashash uyi hamda yashash uyiga tutash bo‘lgan kiyim-kechak do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Soat 16:02 da aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va soat 16:20 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida yashash uyining hamda kiyim-kechak do‘konining 70 m kv maydonda shift, tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati holatlari qayd etilmagan. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar